O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan rapid bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni yakuniga ko‘ra Magnus Karlsen peshqadamlikni saqlab qoldi. O‘zbekiston vakillaridan Jahongir Vohidov va Nodirbek Abdusattorov kuchli 30 talikka kirdi, Muhiddin Madaminov esa hindistonlik grossmeysterni mag‘lub etdi.
Samarqandda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kuni yakunlandi. Magnus Karlsen va yana 4 nafar shaxmatchi peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston vakillaridan Nodirbek Yoqubboyev 31, Umida Omonova 5-o‘rinda. Jahongir Vohidov esa 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazdi.
44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov «Gazeta.uz» bilan suhbatda bir kunda necha soat shug‘ullanishi, shaxmat doskasi ustida 6−9 soatni qanday o‘tkazishi, ovqatlanish ratsioni, uyqu miqdori, qolaversa, g‘alabadan keyin jamoa nimalar bilan mashg‘ul ekanini so‘zlab berdi.
Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasida har bir doskaning eng yaxshilariga individual mukofotlar ham topshirildi. Jahongir Vohidov to‘rtinchi doskada oltin, ikkinchi doskada Karlsenni ortda qoldirgan Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yakubbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting